Jahon | 00:08 / 10.07.2016
5162
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: AQShning Iroq va Afg‘onistondagi operatsiyalari oxirgi yillarda tubdan o‘zgardi

AQShning Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy kampaniyalari oxirgi yillarda tubdan o‘zgardi. Bunday fikrni Varshavada NATO sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanda AQSh prezidenti Barak Obama bildirdi.

"Bugunda bizning Iroq va Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalar AQSh mening hukumatga kelishim oldidan olib borgan operatsiyalardan tubdan farq qiladi", deb aytdi Obama. Obamaga "amerikaliklar ularning mamlakati bundan buyog‘iga xorijdagi harbiy ixtiloflarda doimiy ravishda ishtirok etish sharoitida yashashiga to‘g‘ri kelishiga ko‘nika oladilarmi?" degan savol berilgandi.