Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anchelotti: «Bavariya»ga inqilob qilish uchun kelmadim
«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti myunxenliklar klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirilganidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida Germaniya chempionati haqida nimalarni o‘ylayotganini aytib o‘tdi.
«Men bu yerdaligimdan xursandman. Buning uchun «Bavariya» rahbariyatiga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Do‘stim Gvardiola bu jamoada keyingi bir necha mavsum davomida juda yaxshi ish olib borgan. Ajoyib jamoa shakllantirilgan. «Bavariya» – dunyodagi eng katta jamoalardan biri. Men bu klubni yaxshi bilaman, biz hujumkor o‘yin namoyish etamiz. Lekin men bu yerga inqilob qilish uchun kelmadim. Gvardiola qo‘llagan o‘yin uslubini rivojlantirishda davom etamiz.
Men «Bavariya»da Jovanni Trapattonidan keyingi ikkinchi italiyalikman. Bu jamoada o‘z izimni qoldirmoqchiman. Men 4-4-2 yoki 4-3-3 sxemasi bo‘yicha o‘ynashim mumkin.
Bosimga o‘rganib qoldim, hozir esa uni his qilmayapman. Germaniya chempionati — yuqori raqobat mavjud bo‘lgan qiziqarli chempionat. Menga Bundesligadagi stadionlar yoqadi.
Klub bilan Hummels va Sancheshning transferi jarayonida birga ishladik. Klub men so‘ragan transferlarni amalga oshirdi», – degan Anchelotti.
Matbuot anjumani vaqtida Anchelotti so‘zini nemis tilida boshlagan, keyin savollarga ingliz va italyan tillarida javob qaytargan.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
23:03 / 19.04.2026