Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqulay ob-havo sabab Minsk aeroportida sakkiz samolyotga zarar yetdi
Yomon ob-havo sabab Minsk milliy aeroportida umumiy hisobda sakkizta samolyot zarar ko‘rdi. Bu haqda aeroport matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Aniq ma'lumotlarga ko‘ra, bo‘ronli shamol va kuchli yomg‘ir oqibatida aeroport hududidagi bir nechta havo kemasiga ziyon yetdi. Beshta havo kemasi yengil, yana uchtasi esa jiddiy zarar ko‘rdi», — deyiladi matbuot xizmati bergan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, turargohda ikki samolyot to‘qnashib ketgan. Ulardan biri - yengil matorlisi sezilarli zarar ko‘rgan.
Aeroport vakilining qo‘shimcha qilishicha, voqea joyida maxsus mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, aeroport yonida joylashgan avtoturargohda daraxtlarning sinishi va turli buyumlarning uchib kelishi oqibatida bir nechta avtomashina zarar ko‘rgan.
Mavzuga oid
08:25 / 21.03.2026
O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
14:24 / 16.03.2026
Navro‘zoldi ob-havo prognozi
01:56 / 16.03.2026