Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yangi Nexia R3ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
14-iyul kuni Olma-otada O‘zbekistonning Ravon avtomobil savdo belgisining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. U, avvalgi Uz-Daewooni o‘rnini egallagan. Shu bilan bir vaqtning o‘zida, Qozog‘iston avtobozoriga yangi Nexia R3 ham kirib kelgan. Bu mashina ham aslida ikkinchi avlod Chevrolet Aveo (T250)ning takomillashgan namunasidir. Ravon taqdimoti doirasida yangi Nexia R3dan tashqari R2 (Spark) va Gentra ham namoyish etilgan.

Garchi taqdimot marosimi o‘tkazilgan bo‘lsa-da, yangi «Neksiya»ning narxi e'lon qilinmagan. Va ularni yetkazib berish yaqin orada boshlanadi. Agar Rossiya bozorida Nexia R3 379 000 rubldan taklif etilayotganidan (taxminan 1 970 000 tenge), Qozog‘istondagi narxini ham taxmin qilish mumkin. «Neksiya»ning o‘ziga tortadigan jihati nafaqat uning arzonligida: unga o‘rnatilgan 1.5-litrli motor, avtomatik uzatmalar qutisi(olti bosqichli)ga ega to‘plamining ham mavjudligi, shu bilan birga birmuncha xavfsizligidadir.



Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025