Qozog‘istonda bir oyda 16 kishi kuydirgini yuqtirgan
So‘nggi bir oyda Qozog‘iston respublikasida kuydirgi kasalligini yuqtirish bilan bog‘liq 16ta holat ro‘yxatga olingan, deb ma'lum qilgan Respublika sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi tibbiy yordamni tashkil etish departamenti direktori Bauirjan Bayserkin.
"2016-yilning 8-iyunidan 8-iyuligacha bo‘lgan muddat davomida insonlarning kuydirgini yuqtirganligi bilan bog‘liq 15ta holat rasman tasdiqlangan", — deb aytgan Bayserkin matbuot-anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ulardan 8tasi Qarag‘anda viloyatida (shundan 2tasi o‘lim bilan tugagan) qayd etilgan, 3tasi Olma-ota, 2tasi Sharqiy Qozog‘iston va 3tasi Pavlodar viloyatida ro‘yxatga olingan.
"14 kishidan 8 nafari shifoxonadan davolanib chiqqan, 6 kishiga tibbiy davolanish kursi davom ettirilmoqda", — degan Bayserkin.
Mavzuga oid
20:59 / 18.11.2024
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024