Jahon | 22:26 / 15.07.2016
5748
1 daqiqa o‘qiladi
Londonda qurilmoqchi bo‘lgan osmono‘par bino 58 qavatga "kesib tashlandi"
Londonda "Paddington" metro stansiyasi yonida osmono‘par bino qurmoqchi bo‘lgan qurilish kompaniyasi hududni o‘zlashtirishning yangi rejasini chop etdi. Endi 254 metrlik bino o‘rniga firma do‘konlar va restoranlar joylashadigan 14 qavatli bino quradi. U 12 metrli kolonnalar ustida turadi, deb yozmoqda Financial Times.
Loyiha investori o‘z qurilish rejalarini binoning qurilishiga Londonda baland binolar qurilishini qoralovchi "Gorizont chizig‘i ortiga" jamoatchilik harakati faollari qarshi chiqa boshlaganlaridan keyin qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi.
Dastlab metro stansiyasi yonida 72 qavatli ko‘p kvartirali bino qurilmoqchi bo‘lgan.