Jahon | 08:35 / 16.07.2016
6086
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an armiya safida hibsga olishlar va tozalashlar o‘tkazilishini ma'lum qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat janubi-g‘arbidagi Marmarise mehmonxonasidan ketishi vaqtida bino bombardimonga uchragani haqida ma'lum qildi.
"Ular men mehmonxonadan chiqqanimda u yerga zarba berishdi. Davlat to‘ntarishi bir hovuch xoin harbiylar tomonidan sodir etildi. Ularning barchasi bartaraf etiladi, bunga hech kim shubha qilmasligi kerak. Men hech qayerga ketmayman, o‘z xalqim bilan qolaman", degan Erdo‘g‘an.
"Biz armiyamizni xoinlardan tozalaymiz. Ular xalqqa qarshi qurol ko‘tarib chiqishdi. Yana ko‘plab hibsga olishlar bo‘ladi. Zarur bo‘lsa eng yuqori lavozimlilar ham hibs qilinadi", degan u.