Istanbulda Erdo‘g‘an tarafdorlarining namoyishlari yana boshlandi
Istanbulda kech tushishi bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tarafdorlarining namoyishlari yana boshlandi.
Mahalliy vaqt bilan soat 21:50da hukmron partiya bayroqlariga ega odamlar va avtomobillar oqimi shahar ko‘chalarini to‘ldirdi.
Otaturk xiyobonida navbatchilik qilayotgan politsiyachilarning aytishicha, ko‘p kishilik aksiya uyushtirilishining sabablaridan biri Erdo‘g‘anning shahar aholisi oldida nutq so‘zlagani bo‘lgan.
Politsiyachilar tartibsizliklar kuzatilmayotganini qayd qilishdi. Shu bilan birga shu xiyobondan sirenalari yoqilgan bir nechta o‘t o‘chirish mashinasi o‘tib ketgan.
Ayni vaqtda odamlar Istanbulning markaziy ko‘chalari va maydonlarida yig‘ilmoqdalar. Hozirda Erdo‘g‘anning bir necha ming tarafdori ishtirokida ko‘p kishilik aksiyalardan biri Taksim maydonida o‘tmoqda.