Jahon | 07:58 / 18.07.2016
10015
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Marmarisni isyonchilarning hujumidan yarim soat oldin tark etgan

Foto: EPA

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Marmaris kurort shahridagi mehmonxonani isyonni qo‘llab-quvvatlagan harbiylar u yerga yetib kelishidan yarim soat oldin tark etgan, deb xabar bermoqda Al Jazeera telekanali.

Ta'kidlanishicha, maxsus vazifalarni bajaruvchi 40 ga yaqin harbiy uchta vyortolyotda Erdo‘g‘an joylashgan mehmonxonaga "uni hibsga olish yoki o‘ldirish" maqsadida kelishgan. Erdo‘g‘an bundan  yarim soat oldin mehmonxonani vertolyotda tark etgan.

CNN Turk telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, 25 ga yaqin askar mehmonxona oldida vertolyotlardan trosslarda tushib, Erdo‘g‘anni ushlash uchun otishma boshlashgan.   

"Erdo‘g‘anni o‘limdan bir necha daqiqalar ajratgan", deb aytdi Reuters axborot agentligiga yuqori lavozimdagi turk mansabdorlaridan biri.  

Uning aytishicha, mamlakat bosh vaziri Binali Yildirimga ham hujum uyushtirilgan, biroq u mo‘'jizaviy ravishda hibsga olinishdan qutulib qolgan. Manba agentlikka buning tafsilotlarini keltirmadi.

Avvalroq Reuters axborot agentligi manbalari harbiy to‘ntaruvni qo‘llab-quvvatlagan ikki harbiy uchuvchi F-16 qiruvchi samolyotida Erdo‘g‘an uchib ketayotgan samolyot va unga hamrohlik qilayotgan ikkita F-16 samolyotini nishonda ushlab turgani, biroq hujum qilmaganini ma'lum qilgandilar.