Jamiyat | 11:17 / 23.07.2016
5265
1 daqiqa o‘qiladi
Konyuxov havo sharidagi dunyo bo‘ylab sayohatini yakunlamoqda
Rossiyalik sayyoh Fedor Konyuxov, "Morton" havo sharida dunyo bo‘ylab sayohati yakunida Avstraliya sohillariga yetib keldi. U, 11 kun avval ushbu mamlakatdan sayohatga otlangan edi.
Konyuxov o‘tirgan havo shari tushga yaqin qit'aning g‘arbiy shahri Pert chegarasini 6 km balandlikda kesib o‘tgan. Mahalliy aeroport aviadispetcherlari havo sharini RA-2900G raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Konyuxov 11 kundan ko‘proq vaqt mobaynida 34650 km masofani ortda qoldirgan, sayohati to‘liq bo‘lishi uchun Fyodor Nortxem shahriga yetib borishi kerak. U ayni shahardan havoga ko‘tarilgan edi.
Fedor Konyuxov "- 40 darajali" sovuqda havo sharida qolib ketdi
Mashhur sayyoh Konyuxov havo sharida dunyo bo‘ylab sayohatini boshladi