Rossiyalik maşhur sayyoh Fyodor Konyuxov "Morton" havo şarida dunyo böylab sayohatini boşladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Havo şari Avstraliyaning Pert şahridan 100 km uzoqlikdagi Nortxem şahridagi aerodromdan havoga kötarildi. Havo şari mahalliy vaqt bilan 07:30 da yerdan kötarildi.

Konyuxovning 35 ming km lik sayohati yönalişi ğarbdan şarqqa tomon ötadi. Sayohatçi Avstraliyani kesib ötadi, Yangi Zelandiya, Tinç okeani ustidan uçib ötadi, söngra Çili va Argentina yonidan ötib, Atlantika okeani, JAR, Hind okeani ustidan ötib, yana Avstraliyaga qaytib keladi.  

Parvoz 5-10 km balandlikda ötib, sayohatning davomiyligi 2 haftaga yaqinni taşkil qilişi taxmin qilinmoqda.

Sayohatçi tunlari havo şarini kerakli balandlikda uşlab turiş uçun kamida bitta 250 kg lik propanli ballonni yoqadi. Şu tariqa havo şari har kuni yengilroq bölib boraveradi.

Uşbu sayohat boşlanişi bir neça marta köçirildi. Dastlab u 2 iyulga belgilangandi, keyin 4 iyulga, undan keyin 7 iyulga köçirilgan.