Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:39 / 30.07.2016
8019
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda chaqmoq urishdan 30 kishi halok bo‘ldi
Foto: © AFP
Hindistonning O‘rissa shtatida chaqmoq urishdan kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 36 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, ko‘pchilik voqealar Bxadrak va Balasor okruglarida yuz bergan. Ularning har birida kamida 7 kishi halok bo‘lgan. Yana 6 kishi Kxurda okrugida halok bo‘lgan.