Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:02 / 01.08.2016
10498
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada Mi-8 vertolyoti halokatga uchraganini tasdiqladi
Rossiya mudofaa vazirligi harbiy-transport vertolyoti Mi-8 Suriyaning Idlib provinsiyasida halokatga uchraganini tasdiqladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, vertolyot Halabdagi suriyaliklarga gumanitar yordam yetkazib qaytayotganda yerdan urib tushirilgan. Bortda uch kishi bo‘lgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta'kidlashicha, ularning barchasi halok bo‘lgan.
Avvalroq internetda Mi-8 vertolyoti urib tushirilgani haqida rasmlar paydo bo‘lgan edi.



Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish