Fan-texnika | 21:31 / 02.08.2016
5892
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy eng yirik qattiq yonilg‘ili raketa dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Foto: © RIA

Xitoy 2 avgustda yangi qattiq yonilg‘ili raketa dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu dvigatel mamlakatdagi eng yirik dvigatel bo‘ldi, deb xabar bermoqda Xitoy xalqaro radiosi.  

Radio ma'lumotlariga ko‘ra, yangi dvigatelning sinov yoqilishi San shahrida amalga oshirildi va 100 soniya davom etdi. Dvigatel diametri 3 metrni tashkil qiladi.

Yangi dvigatelda qo‘llanuvchi texnologiyalar kelgusida Xitoy Oy dasturi va uzoq koinotni o‘rganish doirasida og‘ir raketalarni uchirish uchun qo‘llanadi. 

Avvalroq Xitoyning boshqariluvchi koinot dasturi rahbari o‘rinbosari Chjan Yuylin Xitoy 2036 yilgacha fazogirlarini Oyga yuborishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, Xitoyga fazogirlarni mamlakatning koinot sohasidagi ishlanmalaridan foydalangan holda Oy sirtiga qo‘ndirish uchun 15-20 yil talab qilinadi.