Iroq parlamenti spikeri mamlakat mudofaa vaziri ustidan sudga shikoyat qildi
Iroq parlamenti spikeri Salim al-Jaburiy uni korrupsiyada ayblagan mamlakat mudofaa vaziri Xolid al-Obaydiyning so‘zlarini tuhmat deb, uni sudga berdi. Bu haqda Iroq axborot agentligi ma'lum qildi.
"Biz tomondan jamoatchilik fikrini yanglishtiruvchi barcha yolg‘on xabarlar, tuhmat va davlat institutlarini haqorat qilishni kuzatuvchi huquqshunoslar jamoasi shakllantirildi", deb aytildi parlament spikeri kotibiyatida.
1 avgustda parlamentga korrupsiyaga aloqadorlikka shubha bilan javob berishga chaqirtirilgan al-Obaydiy spiker al-Jaburiy va bir qator deputatlarni qurol-aslaha bitimlarida firibgarlik sxemalariga aloqadorlikda ayblagandi.
Iroq bosh vaziri bu holat bo‘yicha tergov boshlashga buyruq berdi va uning o‘tkazilishi vaqtida gumonlanuvchilarga mamlakatni tark etishni taqiqladi.