Jahon | 01:03 / 06.08.2016
8758
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda jangarilar bozordagi odamlarga hujum qildi
5 avgustda Hindistonning Assam shtatida joylashgan Ko‘kradxar shahrida jangarilar mahalliy bozorlardan biriga hujum qildi. Jangarilar bozor hududiga bostirib kirib, otishma sodir etgan. Shuningdek, granata portlatilgan.
Hujum oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan. Portlashdan uchta savdo nuqtasi shikastlangan.
Politsiya xodimlari otishmani sodir etganlar 5-7 kishi bo‘lganini ma'lum qildilar. Terrorchilardan biri voqea joyida yo‘q qilingan. Uning yonidan AK-47 avtomati topilgan.
Ayni vaqtda hech qaysi bir terrorchilik guruhi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.