Light | 17:59 / 06.08.2016
31473
3 daqiqa o‘qiladi

Insonni tushkunlikdan olib chiquvchi eng chiroyli fazilat haqida

Kechirimlilik — bu inson o‘zga bir inson uchun amalga oshirishi o‘ta lozim bo‘lgan ishdir. Kechirimli bo‘lish insonlar o‘rtasidagi munosabatning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu hislat tufayli hissiyotlarda o‘zgarish paydo bo‘ladi va ular pozitiv ruh bilan oziqlanadi.

Zarur choralar

Zamonaviy dunyo ritmi do‘stlar bilan doim ham aloqa qilishga imkon bermaydi. Shu bois xafagarchiliklar uzoq vaqt davom etadi. Ammo siz bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Agar siz yaqinlaringiz bilan munosabatingizga rahna soluvchi damni his qilsangiz, unda zudlik bilan, o‘sha zahoti ana shu masalada ular bilan gaplashib oling.

Aloqa

Biror-bir insonni kechirish uchun, avvalo, o‘zingiz birinchi bo‘lib aloqaga chiqing. Bu ishni qay darajada uddalashingiz ahamiyatsiz. Eng asosiysi siz ginani o‘rtadan ko‘tarib, aloqani iliqlashtirmoqchi ekanligingizni bildirasiz.

Gaplashib oling

Munosabatlardagi eng nozik jihatlar haqida gaplashib olish kuchli shaxs ekanligingizdan dalolatdir. Ammo ehtiyot bo‘ling-ki, bular haqida gaplashib olish yangi janjalni keltirib chiqarmasin. Tinchlik uchun qadam tashlagan har bir insondan minnatdor bo‘ling. Chunki bu yo‘l natija bermasdan qolmaydi.

Uzrni qabul qiling

Siz munosabatlar haqida gaplashib olganingizdan so‘ng, uzr so‘rashsa, uni so‘zsiz qabul qiling. Oddiy va samimiy uzr so‘rash munosabatlarni yanada mustahkamlaydi va kelajakdagi kelishmoqchiliklarning oldini oladi.

Mehr va hamdardlikni amalda qo‘llang

Hatto mana shunday og‘ir hissiyot bilan ham ko‘p narsalarni o‘rgansa bo‘ladi. Odamlarga hamdard bo‘ling va ularga baho berishga shoshilmang. Bu amaliyot sizni xafagarchilik va qarama-qarshiliklarning oldini olishda yordamchi bo‘ladi.

O‘zingizdagi tushkunlikni yo‘qoting

Qo‘rquv, o‘ziga ishonmaslik va munosabat o‘rnatishga yaroqsizlik ko‘plab yaramas illatlarning asosi hisoblanadi. Ko‘plar nega boshqacha emas aynan shunday qilayotganliklarini tushunishmaydi. Barchasiga tushkunlik sababchidirki, u bora-bora xafagarchilik va kelishmovchiliklarga sabab bo‘ladi.

Dunyoqarashingizni o‘zgartiring

Sizga xafagarchilik yetdimi, unda siz rostan ham mazkur vaziyatga juda katta ahamiyat qaratayapsiz. Odamlarning fikrlarni to‘zg‘itadigan g‘oyalariga ko‘p ham ahamiyat berish shart emas. Ammo o‘zingizni boshqalar o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Ana shunda masala bir yoqlama emasligiga tushunib yetasiz.

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi