Jahon | 18:54 / 08.08.2016
4767
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston bosh vaziri transchegaraviy daryolarni muhokama etadi

Foto: © RIA

Qozog‘iston hukumat rahbari Karim Masimov, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvida transchegaraviy daryolar mavzusini ham muhokama etishini ma'lum qildi. 

"@MedvedevRussia bilan bo‘lajak uchrashuvimizda (Rossiya bosh vazirining Twitter tarmog‘idagi rasmiy sahifasi) transchegaraviy daryolar masalasini va Ural daryosining tubini qazish ishlarini muhokama etmoqchiman", — deb yozgan Masimov Twitter sahifasida.

Avvalroq, Qozog‘iston bosh vaziri ma'lum qilganidek, 12-avgust kuni Sochida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

Rossiya hukumati saytida aytilishicha, mazkur anjumanda ittifoqning yagona bozori, xususan dori-darmonlar bozorini shakllantirish muhokama etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish