Jahon | 13:00 / 13.08.2016
3800
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada "Volson" AES bilan bog‘liq nosozlik bartaraf etildi

© AP Photo

Janubiy Koreyaning "Volson" AES operatori Korea Hydro and Nuclear Power Co. kompaniyasi stansiyasi energoblokining birinchi reaktorida yuz bergan nosozlikka barham berdi. Yonxap agentligining xabar qilishicha, reaktor 14-avgust kuni to‘liq quvvatiga chiqadi. 

Iyul oyi oxirida "Volson" AESning birinchi reaktori majburiy ravishda to‘xtatilgan edi. Ammo tizimning ishdan chiqishi va reaktorni avtomatik to‘xtatilishining sababi oshkor qilinmagan. 

Umuman, Janubiy Koreyada 23ta atom reaktori mavjud bo‘lib, mamlakat elektr energiyasining 30 foizini ishlab chiqaradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish