Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:18 / 14.08.2016
5033
1 daqiqa o‘qiladi
Falcon 9 raketasining birinchi pog‘onasi Atlantikadagi platformaga qo‘ndirildi
SpaceX kompaniyasi Falcon 9 eltuvchi raketasining quyi pog‘onasini Atlantikadagi barjaga muvaffaqiyat bilan qo‘ndirdi. Raketa 15 iyun kuni JCSAT-16 sun'iy yo‘ldoshini osmonga olib chiqqandi.
Qo‘nish Florida shtati hududidagi Kanaveral burni yaqinidagi kosmodromda amalga oshirilgan. Bu ma'lumotni SpaceX rahbari Ilon Mask o‘z tvitterida tasdiqlagan.
Bungacha SpaceX Falcon 9 pog‘onasini okeandagi dengiz platformasiga uch marta muvaffaqiyatli qo‘ndirgan edi. Bu oxirgi marta 28 may kuni amalga oshirilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish