Jamiyat | 01:05 / 15.08.2016
13294
1 daqiqa o‘qiladi

Makkadagi qoyatoshga temir tayanchlar o‘rnatildi

Saudiyaning g‘arbidagi Makka shahrida musulmon ziyoratchilarning ustiga ag‘darilmasligi uchun ko‘ngillilar katta qoyatosh atrofiga temir tayanchlar o‘rnatishdi. Saudiyaning "Sada" nashri ushbu qoyatoshning suratini chop etdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, qoyatosh Makka shahrining Arofat tog‘idagi Jabal ar-Rahma (Rahm-shafqat) tepaligida juda noqulay joylashgan. 

Har yili Haj ziyoratini ado etishga kelgan musulmonlar mazkur Arofat tog‘ida gunohlarini kechirishni so‘rab, Ollohga murojaat qilishadi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish