O‘zbekiston | 12:55 / 15.08.2016
34448
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi
Toshkent viloyati hokimi Sodiq Abdullayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati portali xabar bergan.
«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda O‘zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Sodiq Abdullayev Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi», — deyiladi hukumat axborotida.
Sodiq Abdullayev 2016 yilning 4 fevral kuni Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangandi.