O‘zbekiston | 16:28 / 16.08.2016
6763
2 daqiqa o‘qiladi

17 avgust O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 avgust kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 18-20, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi  20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, ba'zi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.  

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38  daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 19-24, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.     

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha  kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 13-18,  kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish