AQSh vitse-prezidenti Bayden: Trampga Stalin yoqqan bo‘lardi
AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonning saylovoldi kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan tadbirda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampga Iosif Stalin yoqqan bo‘lardi, deb aytdi.
"U shungacha bordiki, Putin va Rossiyadan AQShga kompyuter hujumini amalga oshirishni so‘radi. U agar hazillashayotgan bo‘lsa ham, uning bu gaplari juda g‘azabni keltiradi", deb aytdi Bayden.
Baydenning aytishicha, Tramp Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn haqida ham ijobiy fikrlar bildirgan.
Baydenning ta'kidlashicha, Saddam Husayn Isroilga qarshi hujumlarni qo‘llab-quvvatlagan, Tramp esa uni terrorchilarni o‘ldirish uquvi uchun maqtagan.
"Unga Stalin yoqqan bo‘lardi, unga Stalin aniq yoqqan bo‘lardi", deb aytdi Bayden.