Klinton IShIDga qarshi piyoda qo‘shinlardan foydalanish borasida fikrini bildirdi
AQSh prezidentligiga demokratlar nomzodi Hillari Klinton, IShID terrorchi guruhiga qarshi kurashda YaQIN sharq mintaqasiga AQSh qurolli kuchlari piyoda qo‘shinlarini safarbar etish rejasiga qarshi fikr bildirdi.
"Tramp IShID borasida bir nechta xijolatli g‘oyalarini bildirdi. U, Amerika piyoda qo‘shinlarini yuborish haqida so‘z yuritdi. Men bu masalani kun tartibidan olib tashlaganman", - degan Klinton xonim Pensilvaniya shtatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida.
Klintonning fikricha, Tramp IShID bo‘yicha rejalariga to‘xtalmagan, chunki unda "hech qanday rejaning o‘zi yo‘q".
Sobiq davlat kotibi, shuningdek, ekstremistlarga qarshi kurash bo‘yicha o‘z strategiyasi bilan o‘rtoqlashgan.
"Biz ularga havodan zarbalar berib, mahalliy kuchlarga yordam ko‘rsatamiz, - degan u. – Biz ularning yoshlarimizni radikallashtirish maqsadida internetda olib borayotgan harakatlarini chippakka chiqaramiz".