Texnologiya | 18:17 / 16.08.2016
3382
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter Apple TV ko‘magida televideniyega aylanadi

Mikrobloglar tarmog‘i bo‘lmish Twitter Milliy futbol ligasi (MFL) o‘yinlarini katta ekranlarda “jonli” translatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. AQSh Milliy futboli o‘yinlarini bepul tomosha qilish uchun Apple TV teleprastavkalaridagi Twitter ilovasidan foydalanish lozim bo‘ladi.

The New York Times nashrining yozishicha, kompaniya mazkur masala yuzasidan Apple bilan bevosita muzokaralar olib bormoqda. Nima uchun Twitter’ga ushbu yo‘nalishda ish olib borish zarur bo‘lib qolgani to‘g‘risida hech qanday tafsilotlar berilmagan.

Twitter MFLning ommaviyligidan foydalangan holda Apple  kompaniyasidan App Store’da muhim kengaytmalarga ega bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari, Twitter Apple TV’ning yangi funksiyasi bo‘lmish “Teletarjimon” dasturi borasida ham kelishuvga erishishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid