Texnologiya | 16:18 / 18.08.2016
17020
2 daqiqa o‘qiladi

Olti metrli Maybach kupesi tashqi ko‘rinishining maxfiyligi qolmadi

Internet tarmog‘ida Vision Mercedes-Maybach 6 kontsept karining ilk suratlari paydo bo‘ldi. Ushbu olti metrlik, «chayka qanoti» eshiklariga ega bo‘lgan kupe mashina rasman 18-avgust kuni AQShning Pebbl-Bichida bo‘lib o‘tadigan Jozibadorlik festivalida taqdim etiladi. Mashinaning suratlarini Carscoops.com nashri e'lon qilgan.

Hozircha, uning boshqa xususiyatlari va texnik jihatlariga oid tafsilotlar mavjud emas. Suratlardan birida, to‘liq diodli yorug‘lik texnikasini, eshik panellariga o‘rnatilgan sensorli boshqaruv elementlari hamda barcha zaruriy axborotni oldi oyna va salonning yo‘lovchi tomoniga chiqaruvchi proyektsion displeyni ko‘rish mumkin. 

Maybach kupesining prototipi 12-avgust kuni e'lon qilingan edi. Uning ilk tizeri 15-avgustda paydo bo‘lgan, 17-avgust kuni kompaniya videolavhasini e'lon qilgandi. Unda, yorug‘lik diodlaridan ko‘plab foydalanilgani va eshiklarining tepaga ochilishi oydinlashgandi.

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid