Sport | 01:57 / 18.08.2016
47698
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek "Klichko"si muxlislardan uzr so‘radi

Rio-2016 Olimpiadasining boks bo‘yicha 91 kilogrammdan yuqori bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston sha'nini himoya qilgan bokschi Bahodir Jalolov o‘z instagram sahifasi orqali o‘zbekistonlik muxlislardan uzr so‘radi.

Bokschi “Alloh sabrli kishilarni yaxshi ko‘radi" degan so‘zlar bitilgan rasmga izoh tariqasida ushbu so‘zlarni yozdi:

“Hamma o‘zbek xalqidan ming bor uzr so‘rayman. Meni shuncha qo‘llab-quvvatlab turdingiz. Ishonchlaringni oqlay olmadim. Xudo xohlasa, albatta chempion bo‘lib sizlarni xursand qilaman”.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov chorak finalda britaniyalik tajribali bokschiga ochkolar soni bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan edi.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid