Jahon | 21:18 / 19.08.2016
6281
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada Brexit’dan keyin sayyohlik avj oldi

Buyuk Britaniyaga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumdan bir oy keyin 18 foizga oshdi. Bu haqda Tourism Alliance tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda Trevelmole portali xabar bermoqda. 

Sayyohlik bozorining 500 ishtirokchisi orasida o‘tkazilgan tadqiqot funt sterlingning zaiflashishi britaniyaliklar orasida xorijiy va ichki sayyohlikning rivojlanishiga ko‘mak berishini ko‘rsatdi. Biroq Tourism Alliance direktori Kurt Yanson bunday o‘sish qisqa muddatli bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Shu munosabat bilan sarmoyachilar mahalliy sayyohlik biznesining kelajagi borasida ikkilanmoqda.

Yanson 70 foiz xorijiy sayyohlar Yevropa Ittifoqi davlatlaridan kelishini va shuning uchun sayyohlik sohasi uchun Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya fuqarolarining erkin harakatlanishi imkoniyatini saqlab qolish muhimligini ta'kidlab o‘tdi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid