Sport | 22:15 / 19.08.2016
17440
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-2016, boks. Shahobiddin Zoirov finalga chiqdi
Rio—2016 ning 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov final masalasini hal qildi.
Yarim finalda Venesuela vakili, 19 yoshli Yoel Finolga qarshi ringga ko‘tarilgan Zoirov osonlik bilan g‘alaba qozondi. Yakuniy natija: 30-26, 29-27, 29-27.
Endi unga finalda rossiyalik Misha Aloyan va xitoylik Xu Jianguan juftligi g‘olibi raqiblik qiladi. Final 21 avgustga belgilangan.
Shahobiddin Zoirov Rio—2016 dagi birinchi jangida irlandiyalik Brendan Irvinni, nimchorak finalda amerikalik Antonio Vargasni, chorak finalda ozarbayjonlik Elvin Mamishzodani yenggandi.
Mavzuga oid
04:22 / 14.08.2022
Boks. Zoirov 20-soniyadayoq raqibini nokautga uchratdi, G‘oibnazarovga 38 soniya yetarli bo‘ldi
17:26 / 31.10.2021
Boks. Shahobiddin Zoirovning jahon chempionatidagi yurishi nimchorakfinalda to‘xtadi
20:00 / 29.10.2021
Boks bo‘yicha JCh: Shahobiddin Zoirov va Madiyar Saidrahimov turnirni ishonchli boshladi
08:48 / 03.08.2021