Boks bo‘yicha JCh: Shahobiddin Zoirov va Madiyar Saidrahimov turnirni ishonchli boshladi
Jahon chempionatida O‘zbekiston boks jamoasining yana ikki vakili yurishini davom ettirdi.

Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Serbiya mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida 29 oktabr kungi bahslarda O‘zbekiston jamoasining ikki vakili ringga chiqdi.
Rio Olimpiadasi g‘olibi, amaldagi jahon chempioni, turnirga -54 kg vazn toifasida tashrif buyurgan Shahobiddin Zoirov o‘z ishtirokini serbiyalik Tamir Galanovga qarshi jang bilan boshladi.
Asli rossiyalik bo‘lgan va mezbon davlat sharafini himoya qilgan bokschi birinchi raundda jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, Zoirov kichik ustunlik bilan bu raundni o‘z foydasiga hal qildi (3:2). Keyingi ikki raundda esa o‘zbekistonlik bokschining to‘liq ustunligi qayd etildi, yakunda hakamlar Zoirovning 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasining nomdor vakillaridan biri nimchorak finalga o‘tdi.
Turnir debyutanti, -92 kg vazn toifasi vakili Madiyar Saidrahimov esa Belarus vakili Vladislav Smaxlikauga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang o‘zbekistonlik yosh sportchining to‘liq ustunligida o‘tdi va buni hakamlarning baholari ham tasdiqladi – 5:0.

Madiyar Saidrahimov jahon chempionatidagi dastlabki jangida g‘alaba qozonib, 1/16 finalga yo‘llanma oldi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning dastlabki to‘rt kunida yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazgandi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (ikkita jang), Saidjamshid Ja'farov, Odiljon Aslonov va Lazizbek Mullajonov ishtirokini davom ettirmoqda, Hasanboy Do‘smatov, Shohjahon Abdullayev va Mirazizbek Mirzaxalilov musobaqani erta tark etgan.
Bugungi dasturda O‘zbekiston boks jamoasining yana ikki vakili chiqish qiladi:
- -60 kg. Abdumalik Halokov — Jasin Lyama (Makedoniya) – 21:25 dan keyin;
- -71 kg. Shahram G‘iyosov — Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston) – 23:00 dan so‘ng.
Mavzuga oid

04:22 / 14.08.2022
Boks. Zoirov 20-soniyadayoq raqibini nokautga uchratdi, G‘oibnazarovga 38 soniya yetarli bo‘ldi

01:33 / 05.11.2021
Madiyar Saidrahimov 4 karra jahon chempioniga yutqazib, bronza medali bilan kifoyalandi

10:14 / 03.11.2021
Boks bo‘yicha JCh. O‘zbekistonliklardan faqat ikki kishi yarimfinalga yetib keldi

02:15 / 01.11.2021