13 avgust, şanba oqşomida professional boks keçasi doirasida Toşkentdagi «Humo Arena»da hamyurtlarimiz iştirokidagi bir qator janglar ötkazildi.
«Lift» promouterlik kompaniyasi taşkilotçiligida bölib ötgan boks keçasida özbekistonlik afsonaviy boksçi Artur Grigoryan ham faxriy mehmon sifatida Germaniyadan taşrif buyurdi.
Keçaning asosiy ikki jangidan birida Fazliddin Ğoibnazarov venesuelalik Eyder Parraga qarşi jang qildi. E’tiborlisi, Olimpiada çempioni 10 raundga möljallangan jangni 38-soniyadayoq tugatdi – Fazliddin raqibini nokautga uçratdi.
Yana bir e’tiborli jangda faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan Şahobiddin Zoirov nikaragualik Larios Jyersonga qarşi ringga kötarildi. Rio-2016 Olimpiadasi ğolibi bölgan boksçimizning ğalabasi uçun 20 soniya yetarli böldi. Zoirov 20-soniyadayoq Jyersonning jağ qismiga kuçli zarba yöllab, raqibini yerga qulatdi. Qaqşatqiç zarbani ötkazib yuborgan Lario örnidan tura olmadi va hakam nokautni qayd etdi. Bu esa Şahobiddinning professional boksdagi 5-ğalabasiga aylandi.
Uşbu boks oqşomida Mirazizbek Mirzaxalilov va Lazizbek Mullajonov ham ringga çiqib, nokaut bilan ğalabaga erişdi. Lazizbek Mullajonov britaniyalik Bassetga qarşi jangini ikkinçi raundda yakunlagan bölsa, Mirazizbek Mirzaxalilov qirğizistonlik raqibi Islom Torabayevni 3-raundda taslim qildi. Uning sekundantlari jangni davom ettirmaslikka qaror qilişdi.
















