Rio—2016 Olimpiadasining erkin kurash sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Magomed Ibragimov avtomatik ravishda nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
97 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqaning saralash bosqichida uning raqibi Gvineya-Bisau mamlakatidan tashrif buyurgan Buassat Jonde edi. Afrikalik sportchi noma'lum sababga ko‘ra gilamga chiqishdan bosh tortgan va O‘zbekiston vakiliga 5:0 hisobidagi avtomatik g‘alaba yozilgan.
Endi Ibragimov chorak finalda nigeriyalik Soso Tamarau bilan bellashadi.