Nur-Sultonda sport kuraşlari böyiça bölib ötayotgan jahon çempionatida öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazgan Özbekiston erkin kuraş terma jamoasining birorta vakili finalga çiqa olmadi.
-79 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Raşid Qurbonov yarimfinalda amerikalik Kayl Duglas Daykka 1:6 hisobida yutqazdi. Endi u bronza medal uçun gilamga çiqadi.
-97 kg vazn toifasidagi Magomed Ibragimov çorak finalda amerikalik Kayl Snayderga mağlub bölgandi. Kayl Snayder ham yarim finalda ozarboyjonlik Şarif Şarifovga yutqazib qöydi va buning oqibatida Magomed Ibragimov bronza va Olimpiada yöllanmasi uçun ötiş bosqiçida iştirok eta olmaydigan böldi.
Özbekiston erkin kuraş jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Abbos Rahmonov çorak finalda rossiyalik Magomedrasul Idrisovga yutqazgandi. Rossiyalik kuraşçi esa finalga yetib bordi va endi Rahmonovda bronza uçun kuraşiş imkoniyati paydo böldi.
Bungaça -86 kg vazn toifasidagi Jabroil Şapiyev nimçorak finalda yutqazgan, uni yenggan rossiyalik Artur Naifonov ham keyingi bosqiçda yengilgani uçun özbekistonlik sportçi medal uçun kuraşa olmasligi ma'lum bölgandi.
Bu vazn toifalarida medallar uçun bahslar 22 sentabr kuni ötkaziladi.

















