Qozoğistonning Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari böyiça jahon çempionati davom etmoqda. 

-79 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Raşid Qurbonov çorak finalda armanistonlik Grigor Grigoryan bilan bellaşdi. Teng kuçlar ostida keçgan bahsda 8:8 hisobi qayd etildi, qoidaga köra sönggi oçkoni qölga kiritgan sportçi ğolib deb topildi, bu oçko esa Qurbonovniki edi va u yarim finalga çiqdi.

Endi u final ostonasida amerikalik Kayl Duglas Deyk bilan kuraşadi.

-97 kg vazn toifasidagi Magomed Ibragimov  çorak finalda amerikalik Kayl Snayderga mağlub böldi - 3:13. Endi amerikalik sportçi yarimfinalga çiqsa, Ibragimovda Olimpiada yöllanmasi va bronza uçun kuraşiş imkoniyati yuzaga kelişi mumkin.

Özbekiston erkin kuraş jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Abbos Rahmonov esa çorak finalda rossiyalik Magomedrasul Idrisovga 0:11 hisobida yutqazdi. Endi rossiyalik kuraşçi finalga yetib borsa, Abbos Rahmonov bronza uçun kuraşişi mumkin böladi.

-86 kg vazn toifasidagi Jabroil Şapiyev esa bronza uçun kuraşmaydigan böldi. Uni nimçorak finalda mağlub etgan Artur Naifonov yarim finalda eronlik Hassan Yazdoniyçaratiga mağlub böldi.

Ma'lumot uçun, bugun bölib ötayotgan musobaqalardagi faqat -86 va -97 kg vazn toifalari Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan.