Jahon | 11:22 / 21.08.2016
30363
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda Turkiyadagi to‘y vaqti sodir bo‘lgan teraktga oid videolar tarqaldi

Internetda Turkiyaning Gaziantep shahridagi teraktga oid video tarqaldi. Portlash to‘y marosimi bo‘lib o‘tayotgan joyda sodir etilgan.

Yana bir videoda kishilar jarohatlanganlarga ko‘mak berishga urinayotgani tasvirlangan. Voqea joyiga politsiyachilar, qutqaruvchilar va maxsus xizmatlar vakillari ham yetib kelishganini ko‘rish mumkin.

Shu vaqtga kelib, bu terakt tufayli 30 kishi halok bo‘lgani va 94 kishi jarohatlangani tasdiqlangan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu terakt ortida IShID turgani haqida ma'lum qildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid