Jamiyat | 15:13 / 21.08.2016
4745
1 daqiqa o‘qiladi

Noma'lum shaxs Yaponiyadagi akvaparkda 8 kishiga jarohat yetkazdi

Yaponiyadagi akvaparkda 8 kishi noma'lum shaxsning pichoq bilan qilgan hujumi oqibatida jarohatlangan. TASS agentligi xabarida keltirilishicha, hodisa Tokio shahri yaqinidagi Tokyo Summerland akvaparkda yuz bergan.

Mahalliy manbalar ma'lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchilar yoshi 19 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan qizlardir.

Ayni vaqtda voqea joyida politsiya bo‘lib turibdi, jinoyatchini qidirish ishlari olib borilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid