Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni turizm sohasi böyiça ötkazilgan yiğilişda turistlarni jalb qiladigan çömiliş maskanlari yöqligiga töxtalib ötdi.

“Yoz kunlarida akvapark va basseynlarga talab oşişi tabiiy. Lekin turistlar uçun “magnit” böladigan birorta zamonaviy akvapark yöqligi qayd etildi.

Yana bir masala – tabiiy köllar atrofidagi turizm imkoniyatlari ham işga solinmayapti.

Mutasaddilarga akvapark va basseynlar taşkil etiş böyiça loyihalarni köpaytiriş, köllar böyiça master reja işlab çiqib, atrofini lotlarga bölib, tadbirkorlarga taklif etiş topşirildi”, – deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati xabarida.