Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya olimpiyachilari samolyoti Riodan 3,5 soatlik kechikish bilan uchdi
Rossiya terma jamoasi sportchilari Rio-de-Janeyrodan Moskvaga uchuvchi samolyotning havoga ko‘tarilishini 3,5 soat samolyot ichida kutishlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Rossiya Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Aleksandr Jukov ma'lum qildi.
Samolyot bortida sinxron suzish, gandbol, badiiy gimnastika, erkin kurash, boks va zamonaviy beshkurash musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan.
Jukov aeroportning "oltin reys" yarim soatlik kechikish bilan uchgani haqidagi xabarini inkor etdi
"Biz 3,5 soatga yaqin samolyotda kutib o‘tirdik", deb aytdi Jukov.
Rossiyalik chempionlar 23 avgustda Sheremetevo aeroportida kutib olinadilar. Dastlab uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 16:45 ga belgilangan edi. Rossiyalik sportchilar samolyoti, shuningdek, Madridga yoqilg‘i to‘ldirish uchun qo‘nib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:08 / 24.03.2026
Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi
11:33 / 04.03.2026
Toshkent-Dubay reyslari 4 martdan bosqichma-bosqich tiklanadi
10:22 / 18.02.2026
Tuman sabab Guanchjou-Toshkent reysi Samarqandga yo‘naltirildi
08:51 / 18.02.2026