Jahon | 21:33 / 24.08.2016
10598
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada 6,8 balli zilzila ro‘y berdi

Janubiy-sharqiy Osiyoda joylashgan Myanmada 6,8 balli zilzila ro‘y berdi va kamida 4 kishi ushbu tabiiy ofat qurboniga aylandi. Shuningdek, 20dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda The Myanmar Times xabar tarqatdi.

AQSh Geologiya xizmati ma'ulmotiga ko‘ra, zilzila markazi Chau shahridan 25 masofada, uning o‘chog‘i 84 km chuqurlikda joylashgan. Bu zilzila kuchi Tailand, Hindiston va Bangladesh hududlarida ham sezilgan.

Mutaxassislarning hisoblashicha, agar zilzila yer sathiga yaqinroq joylashganida talofatlar ko‘proq bo‘lar edi.

Mahalliy hukumat ushbu zilzila mamlakatning avvalgi poytaxti Pagan shahridagi qadimiy yodgorliklarga jiddiy ziyon yetkazganini ma'lum qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid