O‘zbekiston MTJ o‘rtoqlik uchrashuvida Burkina-Fasoni kichik hisobda yengdi
Bugun — 24 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi Paxtakor markaziy stadionida Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Uchrashuv Samvel Babayan shogirdlari ustunligi ostida o‘tdi va bu ustunlik 40-daqiqada himoyachi Yegor Krimets tomonidan urilgan gol orqali hisobda aks etdi. Bu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk marta Afrika qit'asi vakili bo‘lgan terma jamoani mag‘lub etdi.
Milliy terma jamoa endi 1 sentabr kuni JCh-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi birinchi tur uchrashuvida Suriyaga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston — Burkina-Faso 1:0
Gol: Yegor Krimets, 40 (1:0).
Chetlatish: Aziz Haydarov, 71
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov — Davron Hoshimov, Yegor Krimets (Azim Ahmedov, 46), Anzur Ismoilov (Otabek Shukurov, 66), Stanislav Andreyev, Aziz Haydarov, Javohir Sohibov, Jamshid Iskanderov (Salamat Qutiboyev, 75), Jasur Hasanov (Zohid Abdullayev, 46), Eldor Shomurodov (Doston Hamdamov, 75), Igor Sergeyev (Marat Bikmayev, 69).
Burkina-Faso: Zongo Ayme —Kayenbe Xernan (Armand Duyedraogo, 65), Zagre Ismayel, Tapsoba, Yakuba Kulibali, Barro Yussuf, Amadu Ture (Suleymane Skande, 65), Sibiri Sanou, Abdul Karim Baguian, Cheyk Ibrahim (Razak Benin, 65), Ismoil Lingani (Hassimi Barri, 49).
Mavzuga oid
00:57 / 06.10.2024
Burkina-Faso oltin qazib oluvchi chet elliklarning litsenziyasini qaytarib olishni boshladi
10:48 / 30.08.2024
Le Monde: rossiyalik yollanma askarlar Burkina-Fasoni tark etyapti
16:52 / 28.08.2024
Burkina-Fasoda harbiylar uchun xandaq qaziyotgan odamlarga hujum qilindi
09:38 / 29.04.2024