Sport | 21:02 / 26.08.2016
19253
2 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada g‘olibasi Kremlda sovg‘a qilingan mashinani sotuvga qo‘ydi

Auto.ru saytida Rossiya hukumati tomonidan Rio Olimpiadasida oltin medal qo‘lga kiritgan rossiyalik sportchilarga sovg‘a qilingan BMW X6 avtomobili sotuvga qo‘yildi. Oq rangdagi mashina 4 670 000 rublga sotilayotgani haqidagi e'lon 25 avgustda paydo bo‘ldi. 

E'londa mashina 2016 ishlab chiqarilgani va bor-yo‘g‘i 1 km yo‘l bosib o‘tgani aytilgan. "Mashina shaxsan Rossiya prezidenti V.V.Putin tomonidan berilgan. Rio Olimpiadasidagi g‘alaba, aniqrog‘i olimpiada oltin medali uchun!!! Mashina yangi! xDrive 3,5 benzinli, 306 ot kuchi, luxury komplektatsiyasida», deyilgan e'londa.

Mashina egasi manfaatlarini bildiruvchi sotuvchining "R-Sport" agentligiga ma'lum qilishicha, avtomobil Rossiya sinxron suzish terma jamoasi a'zolaridan biriga tegishlidir.  

Ma'lum qilinishicha, avtomobil uning egasi mashina haydashni bilmasligi sababli sotuvga qo‘yilgan.

25 avgustda Kremlda olimpiyachilarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Rioda oltin medal qo‘lga kiritgan sportchilarga BMW X6, kumush medal sohiblariga BMW X4 va bronza medal sohiblariga BMW X3 mashinalari sovg‘a qilingan. Kaliningraddagi "Avtotor" zavodida yig‘ilgan mashinalar Rossiya olimpiyachilarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan taqdim qilingan.

Rioda guruh bo‘lib sinxron suzishda Natalya Ishenko, Svetlana Romashina, Aleksandra Patskevich, Svetlana Kolesnichenko, Mariya Shurochkina, Vlada Chigireva, Alla Shishkina, Gelena Topilina i Yelena Prokofeva oltin medal yutgandilar.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid