Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik Olimpiya chempionlariga va'da qilingan BMW berilmadi
Pyongchangdagi Olimpiadada oltin medallar qo‘lga kiritgan rossiyalik sportchilar sovg‘aga va'da qilingan BMW modelini olishmadi. Bu haqda Rossiya figurali uchish federatsiyasi prezidenti Aleksandr Gorshkov ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, rossiyalik Olimpiya chempionlariga BMW X6, kumush medallar sohiblariga X5 va bronza medallar sohiblariga X4 modellari berilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.
“Aslida ular X5 va X4 oldilar. X6’ni ko‘rmadim”, deb aytgan Gorshkov.
Olimpiadada ayollar o‘rtasida figurali uchish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan Alina Zagitova ham BMW X5 mashinasi kalitini olganini tasdiqlagan.
Olimpiadada medallar qo‘lga kiritgan rossiyalik sportchilarga mashinalar berish an'anasi 2006 yilda boshlangan. 2016 yilgi yozgi Olimpiadadan keyin chempionlarga BMW X6, kumush medalchilarga X4 va bronza medalchilarga X3 mashinalari berilgan. Sochidagi Olimpiada sovrindorlariga GL, ML va GLK modelidagi Mercedes yo‘ltanlamaslari sovg‘a qilingan. Olimpiada sovrindorlari shuningdek federal hukumatdan pul mukofotlari oladilar. Uning qiymati 4 mln rublgacha yetadi.
Pyongchangdagi Olimpiadada Rossiya terma jamoasi 17 ta: 2 ta oltin, 6 ta kumush va 9 ta bronza medal qo‘lga kiritdi. Olimpiadada Rossiya xokkey jamoasi g‘alabasi hisobga olingan holda, hammasi bo‘lib 46 sportchiga mashinalar taqdim qilindi.
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026