Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen’ning yangi elektrokari 15 daqiqada quvvatlanadi
Birinchi to‘liq elektrlashgan Volkswagen avtomobili joriy yilda, Parijda o‘tadigan avtosalonda namoyish etiladi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi vakili Gerbert Diss WirstschaftWoche jurnaliga bergan intervyusida gapirib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Volkswagen elektromobili hajm jihatidan Golf modeliga o‘xshab ketadi. Uning saloni esa klassik Passat modelini eslatib yuboradi. Germaniya kompaniyasining ushbu yangiligi 2018 yilning oxiri, 2019 yilning boshida ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Dissning so‘zlariga ko‘ra, elektrokarning eng asosiy jihati shundaki, u tez quvvatlanadi. Ta'kidlanishicha, avtomobil 15 daqiqa ichida to‘liq quvvatlanadi va ana shu quvvat bilan 500 km masofa yura oladi. Taqqoslash uchun: Tesla elektromobili 80 foizli quvvatga 45 daqiqada erishadi.
Shu sabab Volkswagen’ning erishgan yutug‘i hayratlanarli. Muammo shundaki, barcha stansiyalar ham 800 voltli quvvat bilan tez ta'minlay olish imkoniyatiga ega emas. Bu esa nemis avtokompaniyasi uchun zarur bo‘lgan omillardan biridir.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
18:50 / 11.06.2026
Audi yangi Q7 krossover avlodini taqdim etdi
08:45 / 28.05.2026
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda
07:48 / 24.05.2026