Britaniyaning Just Auto portali ma’lumotiga köra, Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi Özbekiston avtomobil sanoatida yirik yiğuv işlab çiqarişini taşkil etiş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Qayd etilişiça, loyihaning dastlabki bosqiçida Toşkent şahrida avtomobillarni yirik böğinli yiğişni yölga qöyiş rejalaştirilgan. Keyinçalik işlab çiqarişni “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida yuqori darajada mahalliylaştiriş közda tutilmoqda.
Naşr xabariga köra, mazkur loyiha 2025 yil iyun oyida strategik şeriklik bitimini imzolagan “Özavtosanoat” davlat kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.
Maqolada Özbekiston avtomobil sanoati sönggi yillarda barqaror rivojlanayotgani ta’kidlangan. Ayni paytda mamlakatda Chevrolet, BYD, KIA va Hyundai kabi xalqaro brendlar bilan hamkorlikda mahsulot işlab çiqaruvçi beşta avtomobil zavodi faoliyat yuritmoqda.
Şuningdek, sohada 10 mingdan ziyod mutaxassis mehnat qilayotgani, 300 dan ortiq mahalliy korxona esa avtomobil işlab çiqaruvçilarni butlovçi qismlar bilan ta’minlayotgani qayd etilgan.
Xabarda aytilişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev avtomobil sanoatida mahalliylaştiriş darajasini yanada oşiriş, ilmiy-tadqiqot işlarini kengaytiriş hamda 2026 yil oxirigaça avtokomponentlar bozorini rivojlantiriş böyiça kompleks strategiya işlab çiqiş vazifasini qöygan.








