Jamiyat | 14:04 / 28.08.2016
4848
1 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiyada reysga mast holda chiqmoqchi bo‘lgan uchuvchilar hibsga olindi

Shotlandiyaning Glazgo shahridagi aeroportda United Airlines aviakompaniyasining 2 uchuvchisi mast holatda parvozga chiqmoqchi bo‘lganida politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

The Mirror nashri xabarida keltirilishicha, bu uchuvchilar AQShning Nyuark shahriga uchadigan samolyotni boshqarishmoqchi edi.

"Biz 35 va 45 yoshlardagi 2 kishini qo‘lga olingani, ular ayni vaqtda transport xavfsizligi bo‘yicha qonunlarni buzgani uchun nazorat ostida saqlanayotganini tasdiqlaymiz", deyilgan Glazgo politsiyasining rasmiy ma'lumotida.

Bu hodisa tufayli mahalliy vaqt bilan 27 avgust kuni soat 21:00ga belgilangan reys 28 avgust kuni soat 6:30ga ko‘chirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid