Jamiyat | 15:20 / 28.08.2016
8478
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada Chavesning hayoti kino qilinadi

Venesuelaning sobiq prezidenti Ugo Chavesning hayoti haqida film suratga olinadi. Bu haqda uning izdoshi Nikolas Maduro ma'lum qilgan.

"Biz transmilliy korporatsiyalar Ugo Chavesning qiyofasini buzib ko‘rsatishni istamaymiz", deya Maduroning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

U bu orqali ayni vaqtda Chaves haqida serial ishlayotgan amerikaliklarning Sony kinokompaniyasiga javob qaytarilishini qo‘shimcha qilgan. Sony tomonidan ishlanayotgan filmda Chaves rolini kolumbiyalik aktyor Andres Parra ijro etmoqda. U bundan oldinroq narkobaron Pablo Eskobar obrazini gavdalantirgandi.

Venesuelalik kinoijodkorlar "bolivar revolyutsiyasi"ni jonlantirishmoqchi va bunda Chaves bilan tanish bo‘lgan kishilarning xotiralaridan, shuningdek, ispaniyalik siyosatshunos va jurnalist Ignasio Ramonetaning "Ugo Chaves. Mening birinchi hayotim" nomli kitobidan foydalanishmoqchi. Unda muallif va siyosatchining jami 200 soatlik suhbatlari o‘rin olgan. Siyosatchi suhbatlarda o‘z bolaligi va yoshlik chog‘larini eslagan.

Stsenariynavis Luis Brito Garsiya hamkorligidagi ushbu filmga Roman Chalbaud rejissyorlik qiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid