O‘zbekiston | 22:40 / 29.08.2016
40910
1 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Toshkentda uchinchi halqa yo‘li

Bugundan Toshkent shahridagi Taraqqiyot ko‘chasining davomi va yangi transport halqasida harakat uchun ochildi. 

Nurafshon ko‘chasining «Tinchlik» metro bekatidan Oqtepa maydonigacha uzaytirilgan yangi 4 kilometrlik qismi bo‘ylab ham harakatlanishni boshladi.
Muqimiy ko‘chasi va Shota Rustaveli ko‘chasi orqali sobiq «Toshtekstilmash» zavodi hududidan Nukus ko‘chasiga eltuvchi yangi yo‘l o‘tkazgich ham to‘liq ochildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston poytaxtida yangi uchinchi transport halqasi ishga tushdi. Abdulla Qodiriy va Sharof Rashidov shoh ko‘chalari bilan birgalikda bu yo‘lning umumiy uzunligi 22 kilometrni tashkil etadi.

Quyida kun.uz sayti fotomuxbiri tomonidan uchinchi halqa yo‘lidan tayyorlangan fotoreportaj taqdim etiladi.

Suratlar: Kun.uz fotografi Muzaffarshax

Mavzuga oid