Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy aviatsion dvigatellar ishlab chiqaruvchi kompaniya yaratmoqda
Xitoy raisi Si Tszinpin aviatsion dvigatellar ishlab chiqaruvchi davlat kompaniyasi Aero Engine Corporation of China’ning yaratilishini milliy qudratni mustahkamlashga imkon beradigan strategik qadam deb atadi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Kompaniya ko‘plab kichik kompaniyalarni birlashtirish hisobiga yaratilmoqda, bu korxonalarning xodimlari soni 96 mingga yetadi. Ularning asosiy vazifalari mustaqil tadqiqotlarni tashkillashtirish, yangi ishlanmalar ustida ishlash, aviadvigatellar ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazish bo‘ladi.
Ushbu korporatsiyaga Xitoy hukumatidan tashqari, Aviation Industry Corp of China va Commercial Aircraft Corp of China kompaniyalari investorlik qilmoqda.
Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026