Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda Zika virusi bilan kasallanishning yangi holatlari qayd etildi
Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi Zika virusi bilan kasallanishning yana 15 ta holati qayd qilinganini ma'lum qildi. Avvalroq 40 ta holat qayd qilingani ma'lum qilingandi.
Vazirlik xabarida barcha kasallanganlar Singapur shimolidagi bir tumanda ishlashgani yoki yashashgani aytilgan. Sog‘ayib ketgan ikki kasal qurilish maydonchasida ishlagan.
Singapurlik shifokorlar 27 avgustda Singapurda ishlaydigan malayziyalik 47 yoshli ayolda virus borligini aniqlashgan. Vazirlikda aytilishicha, ayol xorijga chiqmagani sababli u Singapurda kasallangan.
28 avgustda vazirlikda kasallanishning yangi holatlari bo‘lgani aytilgan, bunda ko‘pchilik kasallanganlar, ya'ni 36 kishi Singapurning Aljunid aholi punktida ishlagan xorijlik quruvchilar bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, 34 kasal sog‘ayib ketgan, qolganlari esa shifoxonalarda qolmoqda. Vazirlik aholini yana boshqa kasallanish holatlari bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Mavzuga oid
23:08 / 03.12.2025
Malayziya MH370 reysi yo‘qolganidan 10 yil o‘tib, uni qidiruv ishlarini yana davom ettiradi
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
10:01 / 25.11.2025